11 May 2022 yil 278

Profilaktika inspektorlarini bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida, oʻquv yigʻinlari tashkil etildi.

Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga koʻra, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida, aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, xodimlarning jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha malakalarini oshirish hamda intellektual bilimi, maʼnaviy-maʼrifiy saviyasi, kasbiy va maʼnaviy-ruhiy, shuningdek korrupsiya va boshqa nomunosib xatti-harakatlar sodir etishining oldini olishga doir bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash borasida Sirdaryo Akademik litseyida oʻquv yigʻini tashkil etildi.

Oʻquv yigʻinida, profilaktika inspektorlarining kasb mahoratini oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, ularning xizmat faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar yechimi yuzasidan tushunchalar berildi.

Mazkur oʻquv yigʻinida, viloyatning barcha profilaktika inspektorlari, jadval asosida oʻquv kurslarida ishtirok etish, oʻquv yigʻini yakunida sinovlar qabul qilish rejalashtirilgan.

Text to speech