1 Iyul 2022 yil 298

Probatsiya xizmati xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari Probatsiya bo‘linmalari faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik B.T.Abdullayev tomonidan imzolangan Reja-topshiriqqa asosan, Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati xodimlaridan iborat bo‘lgan ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatida ichki ishlar organlari Probatsiya bo‘linmalari faoliyati o‘rganilib, soha natijadorligini oshirish, tizim faoliyatida samarali hamkorlik mexanizmlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Amaliy yordam ko‘rsatish davomida asosiy eʼtibor, Probatsiya bo‘linmalari nazorati ostida turgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy-huquqiy yordam, ularning hayotga moslashuvini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar, nazoratdagilarning muayyan foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari va bandligini taʼminlash, shuningdek, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganishga qaratildi.

Sirdaryo viloyatida Probatsiya nazorati ostida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashuvini hamda bandligini taʼminlash, nazoratdagilarni qayta kasbga o‘qitish, egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish masalalariga keng eʼtibor qaratilib, bu borada ijobiy natijalarga erishilgan.

Ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari, shuningdek, Probatsiya faoliyatini amalga oshirishga daxldor bo‘lgan boshqa davlat idoralari, qolaversa, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda 235 nafar nazoratdagilarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilgan. Xususan, 20 nafar nazoratdagilarning fuqarolik masalalari bilan bog‘liq muammolari hal etilgan bo‘lsa, 4 nafar nazorat ostidagi shaxslar mahalliy hokimliklar ko‘magida uy-joy bilan taʼminlangan.

Hamkorlikda olib borilgan manzilli chora-tadbirlar natijasida, nazorat ostida turgan 2 126 nafar shaxslarning 1 186 nafari tuzalish yo‘liga o‘tib sog‘lom turmush kechirishiga erishilgan.

O‘tgan davr mobaynida nazoratdagilarni bandligini taʼminlash maqsadida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda 26 marotaba “Ishga marhamat” mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ushbu tadbirlar davomida 94 nafar nazoratdagilar ishga joylashtirilgan.

Ishchi guruhi tomonidan viloyatda olib borilgan o‘rganishlar davomida, nazorat ostidagi shaxslarning muammolarini o‘rganish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, Guliston shahri hamda Sardoba tumanida ichki ishlar organlari Probatsiya bo‘linmalari nazorati ostida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar o‘rtasida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkalari tashkil etilib, Bandlik bosh boshqarmasi huzuridagi “Monomarkaz”larida ularni qayta kasbga o‘qitish orqali bandligini taʼminlash choralari ko‘rildi.

Ishchi guruhi aʼzolari tomonidan Sirdaryo viloyatida olib borilgan o‘rganishlar davomida, Probatsiya bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish, tizim mavqeini yuksaltirish, xodimlarning xizmat vazifalariga bo‘lgan masʼuliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilib, shahar-tuman Probatsiya bo‘linmalari faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

 Probatsiya xizmati

Text to speech