23 Iyun 2022 yil 266

Probatsiya bo‘limi hisobidagi 25 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.  

Joriy yilning 21 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Probatsiya bo‘limi nazorati ostida turgan shaxslarning bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga qayta o‘qitish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasiga qarashli “Monomarkazda viloyat IIB JXX Probatsiya bo‘limi hisobidagi 25 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida o‘quv seminari tashkil etilib, seminar davomida nazorat ostidagi shaxslarga payvandlash, santexnika, elektrik, duradgorlik ishlari bo‘yicha nazariy va amaliy tushunchalar berilib, amaliyot davomida qo‘llaniladigan asbob va uskunalar bilan tanishtirildi va “Monomarkazda o‘qish istagini bildirgan 9 nafar nazorat ostidagi shaxslarni hujjatlari topshirildi.

 Sirdaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi

Text to speech