“Probatsiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-938-sonli Qonuni ijrosini taʼminlash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari-Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik J.N.Boltayev boshchiligida Jamoat xavfsizligi xizmati sohaviy xizmatlari boshliqlari, Probatsiya bo‘limi xodimlari va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Kun tartibidagi dastlabki masala O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-938-sonli Qonuni ijrosini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga qaratildi. Hududlarda mazkur Qonunni keng targ‘ib etish, nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida targ‘ibot ishlarini samarali tashkil qilish bo‘yicha masʼullarga aniq ko‘rsatma va vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida “Probatsiya oyligi” doirasida nazorat ostidagi shaxslarni jamiyatga moslashtirish va ular ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha joylarda qilinayotgan profilaktik tadbirlar tahlil etilib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar borasida xodimlarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.