10 Iyun 2024 yil 2245

Probatsiya bo‘limi nazoratida turgan xotin-qizlarni bandligini taʼminlash, ularning maʼnaviy dunyoqarashini yaxshilash borasida tadbir tashkil etildi 

Sirdaryo viloyati Musiqali drama teatrida viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Bandlik boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi hisobidagi Ayollarni maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida maʼdaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda barcha tashkilotlar va 158 nafar Probatsiya nazoratida turgan ayollar qatnashdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ularni tuzalish yo‘liga qaytarish, qonunga itoatkor ruhida tarbiyalash va sog‘ligini tiklashda amaliy yordam berish, tadbirkorlikka ko‘maklashish.

Tadbir davomida 28 nafar ayollar shu yerning o‘zida ishga joylashtirildi, 11 nafar ayollarni qayta kasbga o‘qitish uchun Monomarkazga yo‘naltirildi, 100 nafariga badiiy kitoblar tarqatildi, 44 nafar ayollar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari tuzalish yo‘liga o‘tgan 8 nafar ayollar muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Bunday tadbirlar yil davomida shahar-tumanlarda bosqichma-bosqich o‘tkazib kelinmoqda.

       Sirdaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi

Text to speech