22 Iyun 2023 yil 1118

Sirdaryoda profilaktika inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Guliston tumani IIB profilaktika inspektori Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda fuqaro Sh.M unga nisbatan fuqaro D.A ning qonuniy chora ko‘rishni so‘rab yozgan arizasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish jarayonida ushbu holatni yaqin qarindoshlariga oshkor qilmasligi, ish yuzasidan to‘plangan hujjatlarni sudga chiqarmasdan, jinoyat qishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilib berishi evaziga 500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilayotgan fuqaro Sh.M ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston tumani Mevazor mahallasi idorasida joylashgan 122-sonli tayanch punktida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Sh.M profilaktika inspektoriga pora tariqasida berilishi lozim bo‘lgan 500 AQSH dollaridan 300 AQSH dollarini kechki vaqt ishdan keyin berishini aytib 200 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan fuqaro Sh.M.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech