“Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyatida profilaktik yo‘nalishdagi turli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Haftaning Payshanba kuni yurtimizda— “Profilaktika kuni” sifatida qaralib, joylarda ichki ishlar organlari xodimlarining jamiyatda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi faoliyatini yana-da kuchaytiriladi.
Profilaktika kuni doirasida viloyatning barcha tuman va shaharlarida profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari hamda mahalla otinoyilari bilan hamkorligida mahallalarda “uyma-uy” yurishlar tashkil etildi. Jinoyat sodir etishga moyil shaxslar, profilaktik ro‘yxatda turgan fuqarolar, muhtoj oilalar holati o‘rganilib, ular bilan manzilli suhbatlar olib borildi.
Qo‘riqlash bo‘limi va uning quyi tizimlari tomonidan mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masadida joylarda bir qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari probatsiya xizmati xodimlari tashabbusi bilan joylarda mehnat yarmarkalari va rahbarlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib borilmoqda.
Bundan tashqari Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan hududlarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari jarayonida fuqarolarga aholi gavjum bo‘ladigan maskanlar, bozorlar va savdo do‘konlari hududida shaxsiy mulklarini ehtiyot qilish, ogohlikni oshirish lozimligi haqida tushuntirishlar berilmoqda.
Sirdaryo viloyati hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini taʼminlash, yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida viloyat hududidagi vokzallar, avtoturargohlar hamda avtomashina yuvish zaxobchalarida transport vositalari haydovchilari bilan profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bilan "Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Hozirda yurtimizda davom etayotgan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari hamda "Qora dori-2025" tadbirlari doirasida tizimning barcha shaxsiy tarkibi tomonidan mahallalarda “Biz giyohvandlikka qarshimiz”, “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak”, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” kabi mavzularda fuqarolar o‘rtasida huquqiy tushuntirishlar olib borilib, ularga buklet va flayerlar tarqatilmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Sirdaryo viloyatida “Payshanba – profilaktika kuni” faqatgina yakka chora-tadbir emas, balki aholi bilan samarali muloqot, jinoyatchilikka qarshi keng qamrovli harakatlar tizimining muhim bir bo‘g‘ini hisoblanadi. Bunday tashabbuslar orqali jamiyatda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.