28 Avgust 2025 yil 33

“Payshanba profilaktika kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyati prokuraturasida jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha amaliy choralar muhokama qilindi

Sirdaryo viloyati prokurori hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari huzurida viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Muhokama yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ 1-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, viloyatda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar muhokama qilindi. Shuningdek, oʻtgan hafta davomida hududda sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilandi.

Yigʻilish davomida viloyat prokurori va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq koʻrsatma va topshiriqlar berildi. 

Text to speech