27 Oktyabr 2022 yil 252

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 apreldagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-213-sonli qarori amalda

Joriy yilning 26 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan suhbatda IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi katta inspektori Sharopov Neʼmat so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlar hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlardagi o‘rni Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni yana-da mustahkamlash yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilayotganligi, O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilganligini alohida taʼkidlab o‘tdi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida siyosiy, savdo -iqtisodiy va madaniy-gumanitar kabi qator sohalardagi aloqalarni kengaytirish uchun qulay imkoniyatlar yo‘li ochilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 aprel kunidagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-213-son qarori bilan 2021 yil 10 iyun kuni Dushanbe shahrida imzolangan “2018 yil 9 martda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimchalari kiritish to‘g‘risida”gi Bayonnoma tasdiqlandi. Mazkur bayonnomaning 1-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi yaʼni ikki mamlakat fuqarolari uchun davlat chegarasini kesib o‘tgan paytdan boshlab 10 (o‘n) kun davomida o‘zlari bo‘lib turgan davlatning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish va vaqtincha propiskaga qo‘yish majburiyatlaridan ozod etishi belgilanganligi mahalla faollariga tushuntirildi hamda qatnashchilarning savollariga javob berildi. Yig‘ilish so‘ngida fuqarolarning qonunchilikda olib borilayotgan islohotlar hamda chet el fuqarolarini vaqtincha ro‘yxatga yuzasidan savollar yuzaga kelganda tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhiga murojaat qilishlari tushuntirildi.

Text to speech