12 Oktyabr 2022 yil 756

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 04-aprel kunidagi PQ 190-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikada birinchilardan boʻlib Sirdaryo viloyatida joriy etildi.

"Barchasi xalq manfaatlari uchun" shiori ostida Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan "Sirdaryo namunasi" sifatida birinchilardan boʻlib haydovchilarga qulaylik yaratish hamda har qanday vaziyatlarda ortiqcha vaqt sarflashlarini oldini olish maqsadida Guliston shahri hududidagi Oʻzbekiston shox hamda Sayxun koʻchalari kesishmasidagi ya’ni chorrahasidagi svetofor qurilmasiga elektr ta’minotidagi uzilishlar davrida svetofor qurilmasiga qoʻshimcha ravishda 220 volt kuchlanishda ishlaydigan “Invertor” va “Quvvat akkumulyatori” qoʻshimcha oʻrnatilib elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida 5 soatgacha svetofor qurilmasini 12 voltda ishlashini ta’minlaydigan qurilmalar oʻrnatildi.

Bu kabi qurilmani viloyatimizning barcha shahar va tumanlariga bosqichma bosqich joriy etish orqali chorrahalarda haydovchilarning tirbandlikda qolib ortiqcha vaqt sarflamasdan bexavotir manzillariga yetib olishlari ta’minlanib, xar-xil turdagi yoʻl transport hodisalarini oldi olinishiga erishiladi.

Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Text to speech