22 Iyun 2022 yil 262

O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.

Boyovut tumani IIBning maʼrifat xonasida Jinoyat ishlar bo‘yicha Boyovut tumani sudining sayyor sud majlisida Raislik qiluvchi Sh.S.Ismailov, sudya yordamchisi B.Bekto‘rayevlarning kotibligida hamda Boyovut tumani prokurori yordamchisi M.Bo‘ronov, Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan F.A.Mirzayevlar ishtirokida Ozodlikni cheklash jazosi o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar O.A, O.O, N.A, S.O‘, R.X, M.S, N.O, X.J va axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar O.O, K.Sh, G.F, S.F, S.Zga O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan oldin shartli ozod etish to‘g‘risida hamda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan qastdan bo‘yin tovlab yurganligi uchun nazorat ostidagi shaxslar O.Bga nisbatan Boyovut tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik J.E.Abramov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 481-moddasiga asosan JIB Boyovut tumani sudiga taqdimnoma kiritdi.

Nazorat ostidagi shaxs N.O, S.Qlar mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan, o‘zlarining shaxsiy iltimosnomasiga ko‘ra, JIB Boyovut tumani sudi tomonidan o‘rganilib chiqilib, o‘zining iltimosnomasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tayotganlardan 1 nafari, Boyovut tumani IIB boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan ozodlikni cheklash jazosi o‘tayotgan 1 nafar nazorat ostidagi shaxslarning jazosi boshqa og‘irroq turdagi jazo turiga almashtirilib, JIB Boyovut tumani 20.06.2022 yildagi ajrimi bilan jami 15 nafari nazorat ostidagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin jazo o‘tashdan shartli ozod etildi. Sud jarayonida jami 20 nafar nazorat ostidagi shaxslar qatnashdi.

               Boyovut tumani IIB JXX Probatsiya guruhi   

Text to speech