Oʻzbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi oʻquvchisi 8 ta oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirdi.
Yangi Oʻzbekistonda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan samarali foydalangan holda 3-renessans sari dadil qadam qoʻyayotgan mamlakatimiz va uning rivojiga oʻz hissasini qoʻshish orqali Ona vatanimizning oldidagi farzandlik burchini ado etishni niyat qilgan Mohichehra Hursanova joriy yil Oʻzbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyini aʼlo baholarga tamomladi. Bilimga chanqoq Mohichehraga Sirdaryo viloyati hokimi Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich hamda Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan viloyatimiz va Respublikamiz ravnaqiga oʻzining hissasini qoʻshishligiga yuksak ishonch bildirganligining mevasi oʻlaroq malakatizimdagi 5 ta oliy taʼlim muassasalariga jumladan, IIV Akademiyasiga, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga, Oʻzbekiston Milliy universitetiga, Toshkent pedagogika universitetiga, Guliston davlat universitetiga, 2 ta xorijiy davlat universitetlariga xususan Italiyaning Sapiyenza di Roma (Rim Davlat universiteti) va Cassino universitetlariga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilindi.
Ushbu oʻqish oliy oʻquv yurtlaridan Italiyaning Sapiyenza di Roma (Rim Davlat universiteti)da oʻqishni davom ettirish istagini bildirgan ushbu yosh talabani ragʻbatlantirish maqsadida oldin Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi lavozimida xizmat qilgan hozirda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritayotgan Mavlonov Shavkat Taxirovich oʻzining esdalik sovgʻalari bilan tabriklab, moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatildi va unga kelgusidagi oʻqishlarida omad va zafarlar hamroh boʻlishini aytib, oq yoʻl tiladi.