15 Oktyabr 2021 yil 595

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi oʻquvchilari bilan “Yosh Saylovchi–2021” mavzusida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Mamlakatimiz uchun muhim siyosiy jarayonlardan biri boʻlmish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga oʻtkaziladigan saylovlariga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi oʻquvchilari bilan “Yosh Saylovchi–2021” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etdi. Tadbirga Sirdaryo viloyati “Kelajak liderlari” klubi Prezidenti Murodjon Mirzohidovich tashrif buyurdi.Tadbirda “Kelajak liderlari” klubi Prezidenti tomonidan yoshlarimizning siyosiy bilimi, huquqiy madaniyatini oshirish, saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi. Yana bir bor uchrashuv davomida saylovga oid maʼlumotlar berib, yoshlarni saylovda ishtirok etishi qay darajada muhim ekanligi hamda oʻz kelajagi uchun munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishi kerak ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Text to speech