20 Yanvar 2023 yil 309

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari hamda Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi IIV huzuridagi JIED Uchinchi mintaqaviy hudud 40-manzil koloniyasi hamda 8-son tergov hibsxonasiga tashrif buyurdi.

Vaziri oʻrinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov, Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik S.B.DJabarov 40-manzil koloniyasi hamda 8-son tergov hibsxonasiga tashrif buyurib, isitish va elektr taʼminot tizimlarini koʻzdan kechirdi hamda tuman gaz taʼminoti va ETK masʼul rahbarlariga hamkorlikda kunlik ishlarni tashkillashtirish boʻyicha topshiriqlar berib oʻtdi.

Ishchi guruh maxsus kontingentlarning kameralariga kirib, kameraning issiqligi, yaratilgan shart sharoitlarni koʻrib, kameradagi mahbus, mahkumlar bilan suhbatlashdi.

Hibsxona tartibot binosi koʻzdan kechirilib, binoning yertoʻlasida yigʻilib qolgan suvni vaqtincha kanalizatsiyaga chiqarish uchun bir dona suv nasosi keltirildi. Vazir oʻrinbosari hamda tuman sektor rahbarlari 40-manzil koloniyasida tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonasi bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida hozirgi kunda Respublikamizda saqlanib turgan sovuq ob-havo sharoitida koloniya va hibsxonada saqlanayotgan mahbuslarning kameralarida doimiy ravishda havo harorati +18 gradusdan tushib ketmasligi nazoratga olinishligi, kunlik oziq-ovqat mahsulotlari oʻz vaqtida omborlardan olinib, tayyorlanayotgan taomlarning sifatiga alohida eʼtibor berishlik toʻgʻrisida qoʻshimcha yoʻriqnomalar berildi.

Text to speech