14 Oktyabr 2022 yil 265

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2022 yil 28 sentyabrdagi farmoyishi ijrosi yuzasidan Xovos tumani IIB xodimlari va faxriylari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2022 yil 28 sentyabrdagi “Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va xodimlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot guruhlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 223-son farmoyishi ijrosi yuzasidan joriy yilning 13 oktyabr kuni Xovos tumani Ichki ishlar organlari Faxriylari hamda tizimda xizmat qilib kelayotgan xodimlar ishtirokida Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida ko‘p yillar davomida samarali xizmat qilgan faxriy ustozlar, isteʼfodagi polkovnik Mirfayziyev va O‘.Axmedovlar, shuningdek, Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Q.Shermatov, Boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi isteʼfodagi podpolkovnik O‘.Boltaboyev va Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi polkovnik Y.Toshboyevlar ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tadbir ishtirokchilariga yuqoridagi farmoyishning mazmun mohiyatini tushuntirib o‘tib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda tinchlikni saqlash, jinoyatchilikni jilovlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalariga katta eʼtibor qaratilayotganini, shu bilan bir qatorda bugungi kunda Ichki ishlar organlari xodimlarini Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda sadoqat bilan xizmat qilish kerakligi, ularni ezgulik sari boshlash borasida ham maqsadli tadbirlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab, o‘zlarining kerakli tavsiyalari va topshiriqlarini berib o‘tdi.

Shundan so‘ng tizimda bir necha yillar samarali xizmat qilgan IIO faxriylari va yosh xodimlar Ichki ishlar vazirligining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shundan so‘ng IIV Faxriylar kengashi aʼzolari bilan birgalikda Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib nafaqaga chiqqan ijtimoiy himoyaga muhtoj faxriylarning xolidan xabar olinib ularga moddiy va maʼnaviy yordamlar ko‘rsatildi.

Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yana-da mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech