14 May 2022 yil 345

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirib berish yo‘nalishi bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagiPQ–4079–sonli Qarori ijrosi yuzasidan xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV MvaFRBB tomonidan Sirdaryo viloyati IIB MvaFR xizmatlari uchun berilgan 14 komplekt kompyuter texnikalari to‘liq joylardagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga o‘rnatilgan.

Joriy yilning 1 yanvar kunidan hozirgi kunga qadar Sirdaryo viloyati IIB  MvaFRB va shahar tuman IIB MvaFRBlar tomonidan, Sirdaryo viloyatida doimiy yashovchi jami 21.051 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari rasmiylashtirilib berilishi bo‘yicha elektron talabnomalar shakllantirildi va tayyor bo‘lib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasportlari o‘z egalariga tarqatilgan.

Joriy yil davomida Sirdaryo viloyati hududida 14 ta xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirish maxsus texnika vositalari yordamida fuqarolarimizga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Oltmish yoshdan oshgan keksalar, nogironlar hamda voyaga yetmagan farzandi bilan kelgan fuqarolarimiz IIB MvaFRB rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan MvaFR boshqarmasida hamda uning quyi tizimlarida navbatsiz qabul qilinmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB MvaFRB

Text to speech