24 Sentyabr 2024 yil 6141

O‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi

So‘ngi yillarda ko‘plab sohalarni isloh qilish jadal surʼatlarda davom etayotgan bir vaqtda qurol muomalasi sohasida ham bir qator O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari va hukumatimiz qarorlari ishlab chiqildi.

Jumladan:

2019 yil 29 iyulda “Qurol to‘g‘risidagi” O‘RQ-550-son Qonuni, 2020 yil 26 dekabrda “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartiblarni takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 810-son qarori, 2022 yil 31 mayda “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlariga bir qator sezilarli o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritildi:

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 31 maydagi O‘RQ-772-son Qonunida MJtKga 220 prim 1–moddasi qo‘shimcha kiritilib, quyidagi mazmundagi jumlalar bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 220 prim 1-moddasi 1-qismida pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish quroli, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini IIOlarining tegishli ruxsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o‘tish holatlari aniqlansa, qurol musodara qilib, fuqarolarga 15 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki o‘n besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish, O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 220 prim 1-moddasi 2-qismida pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish qurolini, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini IIOlarining tegishli litsenziyalarisiz ishlab chiqarish, taʼmirlash, realizatsiya qilish holatlari aniqlangan taqdirda, qurol musodara qilib, fuqarolarga 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravargacha miqdorda jarima solish yoki o‘n besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga ko‘rsatilgan.

Qonunchilikda mavjud huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida 2024 yil  27 avgustdagi O‘RQ-946-son Qonunida  pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy (o‘z xohishi bilan) topshirsa, MJtKning 220 prim 1-moddasi 1-2-qismida ko‘rsatib o‘tilgan maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi ushbu kodeksning 220 prim 1-moddasi 3-qismi qo‘shimcha kiritilib, shaxsning egaligida o‘q-otar bo‘lmagan qurolini o‘z xohishi bilan topshirsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bu o‘z o‘rnida yuridik va jismoniy shaxslarda o‘q-otar bo‘lmagan (pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish, tig‘li, o‘zini o‘zi himoya qilish) qurolini hujjatlarsiz saqlanishining oldi olinadi, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarning himoya qilinishi taʼminlanadi, maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek; o‘q-otar bo‘lmagan qurol bilan bog‘liq noxush holatlarning oldi olinadi. 

 Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB

Text to speech