7 May 2024 yil 3464

Oramizdagi qahramonlar!

Maʼlumki hozirgi kunda Respublikamiz bo‘ylab ko‘plab sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning «Yengil atletika turi», “Ko‘pkurash” turlari bo‘yicha Ichki ishlar Vaziri kubogi musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

Mazkur musobaqalarda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari nomidan qatnashgan boshqarma Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari hamda Maxsus guruh katta xodimi podpolkovnik Xakimov Muzaffar Raxmonaliyevichlar Munosib qatnashib kelmoqdalar.

Jumladan joriy yilning 15-20 aprel kunlari IIVning maxsus bo‘linmalari tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar batalyoni va otryadlari, JIED hamda Qorovul qo‘shinlarini maxsus bo‘linmalari o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘pkurash musobaqasida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi terma jamoasi ham munosib ishtirok etib musobaqaning Hujum shartida faxrli 3 — o‘rinni, ofitserni ko‘tarish shartida faxrli 2 — o‘rinni egallagan bo‘lsa, boshqarma Maxsus guruh katta xodimi podpolkovnik Xakimov Muzaffar Raxmonaliyevich joriy yilning 26-29 mart kunlari Jizzax viloyati, Zomin tumanida, 3-27 aprel kunlari Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan sportning «Yengil atletika» va “Ko‘pkurash” turlari bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallab, 30 apreldan 3 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida sportning “Ko‘pkurash” turi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi terma jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egallashida o‘z hissasini qo‘shib Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari sharafini munosib himoya qilib diplom va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati hamda jamoasi nomidan faxrli o‘rinlarni egallashda o‘z hissalarini qo‘shgan barcha xodimlarni g‘alaba bilan tabriklab, o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Text to speech