Oqoltin tumanida tayinlangan jazodan bo‘yin tovlagan shaxs ozodlikdan mahrum etildi.
Oqoltin tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan 1976 yilda tug‘ilgan Oqoltin tumanida yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlanib, JIB Sardoba tuman sudi tomonidan 2 yil 10 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan nazorat ostidagi shaxs S.F olib borilgan tezkor tadbirlar davomida o‘ziga tayinlangan jazodan bo‘yin tovlab, sud tomonidan qo‘yilgan taqiq va cheklovlarni buzib, 2022 yil 12 may kuni tungi vaqtda ruxsatsiz yashash manzilini tark etib hamda 2022 yil 09 iyun kuni yashash xonadonida mastlik holati aniqlanib, unga nisbatan Oqoltin tumani IIB JXX Probatsiya guruhi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, 2022 yil 21 iyun kuni JIB Guliston shahar sudiga taqdimnoma kiritildi va sud tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilib, nazoratdagi shaxs S.F 2 yil 7 oy 19 kunga ozodlikdan mahrum etilib, jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati