28 Aprel 2023 yil 622

Oqoltin tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oqoltin tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan video xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat joriy yilning 18-aprel kuni soat taxminan 14:20 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi A-373 xalqaro ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining Toshkent-Termiz yo‘nalishi 4-kilometrida 3 ta Lasetti hamda Kobalt rusumli avtomashinalar tartibga soluvchi svetofor qurilmasini qizil chirog‘ida ketma-ket to‘xtab turgan vaqtida, ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro R.M boshqaruvida bo‘lgan Lasetti rusumli avtomashinasida boshqaruvini yo‘qotib, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan avtomashinalarning orqa tomonidan kelib to‘qnashuv sodir qilishi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Yo‘l transport hodisasi natijasida hech kim tan jarohati olmagan. 

Hozirda ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlar olib borilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 133-moddasi bilan Jinoyat ishlar bo‘yicha Oqoltin tuman sudiga yuborilgan.

Shu o‘rinda haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari va tezlikni meʼyoridan oshirmasdan harakatlanishini so‘rab qolamiz so‘rab qolamiz.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech