Oqoltin tumanida noqonuniy ov miltigʻi aniqlandi.
2022-yil 14-yanvar kuni “Qurol” tadbiri davomida fuqarolar bilan oʻtkazilgan targʻibot-tashviqot ishlari natijasida 1994-yilda tugʻilgan Oqoltin tumani Andijon MFYda yashovchi fuqaro Gʻ.A Oqoltin tumani IIBga oʻz yashash xonadonini podvalini tozalayotgan vaqtida 2021-yil 28-mart kuni vafot etgan marhum otasi A.Rga tegishli boʻlgan matoga oʻralgan bir dona 2 stvolli 12 kalibrli ov miltigʻi va ikki dona 12 kalibrli patronlar topib olgan va oʻz ixtiyori bilan IIB xodimlariga topshirgan. Mazkur bir dona 2 stvolli 12 kalibrli ov miltigʻi va ikki dona 12 kalibrli patronlar IIB xodimlari tomonidan bayonnoma tuzib olingan.
Sirdaryo viloyati IIB EKBning xulosasiga koʻra, fuqaro Gʻ.Adan daliliy ashyo sifatida olingan ov miltigʻi Germaniyaning “Yoxan Paul Sauyer” va “J.P Sauyer Sohn GmbH” qurol zavodida 1937-yilda ishlab chiqarilgan boʻlib Zaur rusumli 12 kalibrli silliq milli ov miltigʻi. Undagi kuchli karroziyalanish hisobiga oxirgi marta qachon otilganligining aniqlashning iloji yoʻqligi ushbu qurol taqdim etilgan holatda otish uchun yaroqsiz ekanligi va taqdim etilgan 2 dona patronlar 12 kalibrli ov patroni xisoblanib taqdim etilgan holatda oʻq dorilar turiga kiradi va otish uchun yaroqli ekanligi koʻrsatilgan.
Eslatib oʻtamiz: Oʻz uyida noqonuniy ravishda ov qurolini saqlab kelayotgan fuqarolar ixtiyoriy tarzda Ichki ishlar boʻlimlariga keltirib topshirsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishlari qonunda belgilab qoʻyilgan.
Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB