27 Iyul 2022 yil
649
Oqoltin tumanida Maʼmuriy nazorat qoidasini buzish bilan bog‘liq holat aniqlandi.
Oqoltin tumani IIB JXX HPB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida 1985 yilda tug‘ilgan, Oqoltin tumanida yashovchi A.Xga nisbatan 2022 yil 07 fevral kuni JIB Oqoltin tumani sudi tomonidan 6 (olti) oy muddatga maʼmuriy nazorat o‘rnatilgan bo‘lsada, nazorat qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yashash manzilidan tuman IIB boshlig‘ining ruxsatisiz Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumanida mavjud “Ilxom Abumalikovich” nomli fermer xo‘jaligi dalasiga mol boqishga ketib qolganligi aniqlanib, unga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirildi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati