28 Aprel 2022 yil 636

O‘qishga kirgizishni vada qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Olingan tezkor maʼlumotlarga asosan ismi sharifi shartli o‘zgartirilgan Salimovar fuqaro ukasi Salimovning o‘qishga kirgizish maqsadi borligini bildirganida o‘zini Samarqand viloyatida yashovchi “Nodir“ deya tanishtirgan fuqaro go‘yoki buning yo‘li osonligini maʼlum qilgan. Ushbu shaxs yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro Salimovani ukasini qo‘shni Qozog‘iston Respublikasida joylashgan “Muxtor Avezov“ nomidagi oliy o‘quv yurtiga hech qanday imtihonlarsiz o‘qishga joylab qo‘yishini, evaziga esa 500 AQSH dollari miqdorida pullarni talab qilgan.

Joriy yilning 14 aprel kuni  Fuqaro Salimovaning arizaga asosan Sirdaryo viloyati ichki ishlar  boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Guliston shahri hududida  o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida  fuqaro Salimovaning ukasini Qozog‘iston respublikasida joylashgan Muxtor Avezov nomli oliy o‘quv yurtining iqtisodiyot yo‘nalishiga o‘qishga kirgizib qo‘yishini bildirib ,firibgarlik yo‘liga kirgan shaxs 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ,tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib xolislar ishtirokida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech