Oqoltin tumanidagi ham «qoloq hudud» hisoblangan mahallalar obodonlashtirilmoqda
Oqoltin tumanidagi «qoloq hudud» hisoblangan «Toshkent», «Yangi hayot» va «Mustaqillik» mahallalarida infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida tuman IIB boshlig‘i Jasur Sherqulov rahbarligida «Ishchi guruhi» tuzilgan edi.
Jumladan qisqa fursat ichida 25 ta yuk mashinada shag‘al keltirilib, ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 16 dona temir-beton tayanchlar, 100 kVA quvvatga ega bo‘lgan transformator punkti o‘rnatilib, 4 km uzunlikdagi 0,4 kVli havo tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirildi. "Oqoltintumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 250 ta xonadonga yangi maishiy gaz ballonlari tarqtildi. Shuningdek “Yangi hayot” mahallasining Sug‘diyona ko‘chasiga ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Ushbu mahallalardagi ko’chalarda obodlashtirish va tozalash ishlari olib orildi.
Shu maqsadda Sirdaryo viloyati IIB boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik Umid Malvonov mazkur mahallalarda aholining turmush sharoitini ta’minlash, muhandislik-kommunikasiya tizimlari va ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash yuzasidan qilingan ishlarni ko‘zdan kechirdi.