27 Avgust 2021 yil 729

Oqoltin tumanida sayyor sud boʻlib oʻtdi.

Oqoltin tumani IIO Probatsiya guruhi tomonidan 2021-yil 27-avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Oqoltin tuman sudi binosida oʻtkazilgan sayyor sudda quyidagi Oqoltin tumani IIO Probatsiya guruhida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarning ishlari koʻrib chiqildi.
Jumladan, quyidagi mahkumlar Jinoyat ishlari boʻyicha Oqoltin tuman sudinig 21.08.2020-yildagi hukmiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan sudlanib 2 yil 6 oy muddatga har oylik ish xaqqidan davlat daromadiga 20% dan undirish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga tayinlangan, Oqoltin tumani Saxovat mahallasida yashovchi nazorat ostidagi shaxs M.D, Jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo viloyat sudinig 05.04.2019-yil yildagi hukimiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandlari bilan aybdor deb topilib, 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan, Oqoltin tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi nazorat ostidagi shaxs I.Ularni JKning 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Oʻtkazilgan sayyor sudda JIB Oqoltin tuman sudining raisi M.Mirzoxidov, tuman prokurori oʻrinbosari I.Mamatov, Oqoltin tumani IIO Probatsiya vakillari ishtirok etdi.

Oqoltin tumani IIO Probatsiya guruhi

Text to speech