3 Avgust 2024 yil 2614

OGOHLIK DAVR TALABI.

Joriy yilning 24-25 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.R.Bobojonov hamda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vaziri general-polkovnik V.A.Kolokolsev o‘rtasidagi o‘tkazilgan uchrashuvda ikki davlatlar o‘rtasida migratsiya sohasida maʼlumotlar almashinuvini, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va oldini olishda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan 09.07.2024 yilda 218-sonli farmoyishi hamda  ushbu farmoyishga asosan Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining farmoyishi qabul qilinib, bu asosida ishchi guruh shakllantirildi hamda ularning xizmat vazifalari belgilab olindi.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda viloyat hududida doimiy yashovchi, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasidan qaytib kelgan va Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib turgan 2715 nafar  O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan tadbir doirasida belgilangan vazifalar yuzasidan keng ko‘lamli profilaktik ishlar olib borildi. Tadbir davomida viloyat IIB hamda hududiy IIB Migratsiya xizmati, profilaktika inspektorlari,terrorizmga qarshi kurashish xodimlari hamda mahalla yettiligidan iborat ishchi guruhlar tomonidan har bir fuqarolarning yashash xonadonlariga borib, ularning yaqin qarindoshlari bilan profilaktik ishlar yo‘lga qo‘yilib, bugungi kunda uzoq muddatda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan esa telegramm ijtimoiy tarmoqlari orqali onlayn usulda suhbatlashilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu olib borilayotgan profilaktik ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, chet davlatlarda huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishlarini  oldini olish, chet davlat qonun-qoidalariga amal qilishlari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borishdan iboratdir.

Bugungi kunda tadbir doirasida olib borilayotgan profilaktik ishlar viloyatning hududlari bo‘ylab izchil davom ettirilmoqda.    

 SIRDARYO VILOYATI IIB MvaFRB

Text to speech