22 Fevral 2022 yil 296

Odam savdosi jinoyati, uning turlari va huquqiy oqibatlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “Ishga marhamat” mono markazi binosi kichik majlislar zalida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Sirdaryo filiali tomonidan pilot loyihasi asosida Rossiya Federatsiyasiga “Velestroy” korxonasiga ishlash uchun yuborilayotgan 27 nafar fuqarolar ishtirokida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Sirdaryo viloyati DXX masʼul xodimi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Sirdaryo filiali masʼul xodimlari qatnashdi.

Yig‘ilishda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili mayor B.Sh.Xo‘jakov yig‘ilish qatnashchilariga, “Odam savdosi jinoyati, uning turlari va huquqiy oqibatlari, mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Yig‘ilish davomida qatnashchilar tomonidan savollar berilib, kerakli javoblarini olishdi va kelgusida mutasaddi tashkilotlar tomonidan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilanib olindi.

Text to speech