19 Avgust 2023 yil 2726

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Shirin shahar mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish.

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida hayotbaxsh islohotlar samaradorligini oshirishda mahallaning o‘rni va mavqeyi yuksalib bormoqda. Ayni jarayonda amaliyotga joriy etilgan tizimi bu boradagi ishlar ko‘lamini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda mahalladagi beshlik: MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori yurt taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilib islohatlar “drayveri” bo‘lmoqda. Shirin shahar IIB boshlig‘i B.Sanayev tomonidan Shirin shahridagi “A.Temur va FarxodMFYlariga borib mahalla beshligiga O‘zbekiston Respublikasi IIV, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda 2023 yil 30 mart kuni 10/3-05-sonli qo‘shma qaror yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, mazkur qo‘shma qaror yuzasidan ishlar samaradorligini oshirish birinchi galdagi vazifa ekanligi aytib o‘tildi.

Text to speech