Nuroniylar duosi ijobat bo‘ladi!
Inson qadri ulug‘lanayotgan mamlakatimizda so‘nggi yillarda keksa avlod vakillarini eʼzozlab, ularning uzoq umr ko‘rishi, hayotini sermazmun o‘tkazib, sog‘ligini tiklashi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Bugun Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i Sandjar Djabarov Sirdaryo tumani Islomobod mahallasida istiqomat qilayotgan IIO tizimida uzoq yillar mehnat qilgan polkovnik Ergash Abduqodirov xonadonida mehmon bo‘ldi. Nuroniy otaxon bilan bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdi. Keyingi yillarda keksalarni eʼzozlab, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, munosib turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi, – deydi Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Sandjar Djabarov. Shundan so‘ng, viloyat IIB rahbari hamda masʼullar Ergash ota Abduqodirovning uy muzeyi hamda kutubxonasiga tashrif buyurdilar.
Viloyat IIB rahbari muzeydagi ashyolar bilan yaqindan tanishar ekan, bu joy Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar uchun ilm-maʼrifat maskaniga aylanishi lozimligi masalasida masʼullar bilan fikr almashdi hamda o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.
Keksalarga ko‘rsatilayotgan mana shunday g‘amxo‘rlik faqatgina O‘zbekistondek jannatmakon diyorimizda bor. Buning uchun avvalo Prezidentimizga, viloyat va tuman rahbarlariga chuqur ehtiromimizni bildiramiz, - deydi 83 yoshli faxriy Ergash ota Abduqodirov duoga qo‘l ochib.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati