12 Aprel 2023 yil 278

“Nurli maskan” maktab-internati xotin-qizlari bilan davra suhbati oʻtkazildi

Sirdaryo viloyati Maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi tasarrufidagi “Nurli maskan” maktab-internatida taʼlim-tarbiya olayotgan yuqori sinf oʻquvchi qizlari bilan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimalari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Mazkur davra suhbatida maktab-internatida faoliyat olib borayotgan ayol oʻqituvchilar, tarbiyachilar, psixolog hamda hamshiralar ham ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida dastlab mamlakatimizda xotin-qizlarga boʻlgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar haqida toʻxtalib oʻtildi. Soʻngra xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha mazmuni davra suhbati ishtirokchilari eʼtiboriga yetkazildi. Shundan soʻng davra suhbatida ishtirok etayotgan xotin-qizlar bilan oʻzaro fikr almashilib, taklif, eʼtiroz va muammolari tinglandi. Oʻquvchi qizlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar eʼtiborga olinib, murojaatlari yuzasidan ijobiy qaror qabul qilish choralari koʻrildi.

Text to speech