2 Aprel 2024 yil 2296

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2024/2025 o‘quv yili uchun nomzodlarni o‘qishga taklif etadi.

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyga o‘qishga kirish istagini bildirgan Sirdaryo viloyati hududida yashovchi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun arizalar 2024 yil 1 apreldan 30 aprelga qadar qabul qilinadi.

Taʼlim yo‘nalishi: ijtimoiy gumanitar va aniq fanlar.

Qabul bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan;

1. Dastlabki tanlov; (yakka tartibdagi dastlabki suhbat, individual psixologik xususiyatlarini o‘rganish, tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tish);

2. Maxsus-professional tanlov; (yozma ish diktant, jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov, yakka tartibdagi yakuniy suhbat);

3. Test sinovi.

O‘qishga kirish istagini bildirgan o‘quvchilar (nomzodlar) quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:

Guliston shahar, Xondamir ko‘chasi 2-uy.

(Mo‘ljal: Toshkent kafesi.)

Tel: 97-278-43-74, 97-777-65-65

Text to speech