Yangiyer shahrida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sandjar Djabarov tomonidan viloyati hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbirini samarali o‘tkazish maqsadida “Mobil guruhlar” tashkil etilib, ushbu guruhlar birinchi navbatda jinoyatchilik salmog‘i yuqori bo‘lgan shahar-tumanlarga amaliy yordam sifatida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish uchun jalb etish yuzasidan topshiriq va vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur topshiriqlar asosida bugun Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlaridan tashkil etilgan “Mobil guruhlar” jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha Yangiyer shahar hududida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
“Dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari viloyat hududi bo‘ylab davom etmoqda