3 Iyul 2024 yil 1087

Yangiyer shahrida «Kibermadaniyatni yuksaltirish» oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Yangiyer shahrida joylashgan "Elegant Fiber Textile" da 3-iyul kuni Sirdaryo viloyatida Kibermadaniyatni yuksaltirish-kompleks targ‘ibot-tashviqot oyligini doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda shahar IIB boshlig‘i, oylik doirasida tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Masʼullar tomonidan fuqarolarimizni kibermadaniyatini oshirish maqsadida maʼruzalar hamda flayerlar tarqatildi. Qolaversa oy davomida «Eng faol mahalla», «Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman», «Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling», «Eng yaxshi milliy kontent», kiberjinoyatlarga qarshi birgalikda kurashamiz kabi yo‘nalishlarda tanlovlar, kibersport musobaqalari tashkil etilganligi haqida maʼlumotlar berildi.

Targ‘ibot tadbirida 300 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi va mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob olishdi

Text to speech