30 Mart 2022 yil 360

Nazoratda turuvchi shaxslarga nisbatan sayyor sud bo‘lib o‘tdi.

Sayyor sud majlisida Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining raisi U.Djumayev Guliston shahar Prokurorining yordamchisi B.Axmedov, Guliston shahar IIB Probatsiya guruhi katta inspektori mayor O.X.Tursunov va Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida nazorat ostida turgan shaxslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Hozirgi  kunda Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida  jami 351 nafar nazorat ostidagi shaxslar shulardan 95 nafari axloq tuzatish ishlari jazosi, 66 nafari muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi,  65 nafar ozodlikdan cheklash jazosi, 6 nafari sinov, 119 nafari shartli ozod etilganlar jazo o‘tayotgan shaxslar mavjud.

2022 yil 28 mart kuni Guliston shaharda  Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudi raisligida, shahar prokurori yordamchisi, shahar IIB Probatsiya guruhi katta inspektori ishtirokida sayyor sud bo‘lib o‘tdi. Sayyor sud majlisida Guliston shahar IIB Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslardan 17 nafari va ularning ota onalari hamda yaqin qarindoshlari ishtirok etishdi.

 Ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 7 nafar shaxslarga jumladan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “a,b” bandi  bilan sudlanib, hozirda Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida  axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan A.R; O‘zbekiston Respublikasi JKning 2511-moddasi 3-qismi “B” bandi bilan sudlanib, hozirda Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida  ozodlikdan cheklash  jazosini o‘tayotgan N.Z;  O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, hozirda Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida  ozodlikdan  cheklash jazosini o‘tayotgan X.F; O‘zbekiston Respublikasi JKning 251 prim 1-moddasi 3-qismi  bilan sudlanib, hozirda Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida  ozodlikdan cheklash  jazosini o‘tayotgan B.D, O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “a,b,v”bandi  bilan sudlanib, hozirda Guliston shahar IIB Probatsiya guruhida  axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan N.Ilar  Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudi tomonidan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

              Guliston shahar IIB Probatsiya guruhi

Text to speech