27 Avgust 2021 yil 644

Nazorat ostidagi shaxslarga mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Boyovut tumanida yashovchi ish bilan band boʻlmagan oila aʼzolarni ish bilan taʼminlash maqsadida oʻtkaziladigan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tumandagi bandligi taʼminlanmagan ishsiz fuqarolarni, mehnat migrantlarini hamda tumandagi ishsiz yoshlar, bitiruvchilar, IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan xozirgi kunda vaqtincha ishsiz boʻlgan nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha “Boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Boyovut tumanida 2021-yil 24-avgust kuni Boyovut tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi xodimlari, tuman Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi xodimlari, tuman Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda tumandagi bandligi taʼminlanmagan ishsiz fuqarolarni, mehnat migrantlarini, shuningdek oʻrta va oliy taʼlim bitiruvchi yoshlarini bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan “Boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlari “ mehnat yarmarkasini oʻtkazish Boyovut tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi maʼmuriy binosida boʻlib oʻtdi.

Ushbu oʻtkazilgan “Boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasi tadbiriga 10 ta korxona va tashkilotlar oʻzlarining koʻrgazmali qurollari va stendlari bilan boʻsh ish oʻrni “Toza xudud” DUK, “Tibbiyot birlashmasi” va “Xudud gaz” AJ, Stella Modda MCHJ tikuv fabrikasi “Boyovut Bunyodkor” gʻish ishlab chiqarish MCHJ, “Obodonlashtirish boshqarmasi” jami 56 ta boʻsh ish oʻrni bilan tadbirda ishtirok etib, «Boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlari» yarmarkasida qatnashdilar.

Tadbir davomida, yarmarkani oʻtkazish maqsadi, korxona va tashkilotlardagi tuzilmaviy oʻzgarishlar, bozor islohotlari davrida bosqichma-bosqich oʻtishning mohiyati va shu davrda ishchi xizmatchilarning ish joylarini qisqartirilishi tufayli ularga beriladigan kafolatlar tadbir qatnashchilari eʼtiboriga tuman Madaniyat boʻlimi va Yoshlar Ittifoqi bilan birgalikda tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikni afzallik tomonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartiblari toʻgʻrisida aholiga huquqiy maslaxatlar berildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz oʻzini band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish toʻgʻrisidagi 566-sonli qarori haqida kelganlarga maʼlumot berilib, ushbu guvohnomani olgan fuqarolarga beriladigan imtiyozlar va afzalliklari hamda ularga ijtimoiy huquqiy kafolatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.

Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz boʻlgan nazorat ostidagi shaxslardan 10 nafari ishtirok etdi, 2 nafari Boyovut tumani Obodonlashtirish Boshqarmasiga ishga joylashtirildi. 8 nafar nazorat ostidagi shaxslarga mutaxasisligidan kelib chiqqan holda boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi.

Yarmarka natijalariga koʻra, jami 26 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan taʼminlash boʻyicha yoʻllanmalar berildi, shuningdek 30 nafar ishsiz fuqarolarga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi.

Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi

Text to speech