Nazorat ostida olish tezkor tadbiri davomida yana bir ogʻufurushlar qoʻlga olindi.
Joriy yilning 19 aprel kuni Sirdaryo viloyat IIB JQB, DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan “Nazorat ostida olish” tezkor tadbiri davomida, ismi sharifi shartli o‘zgartirilgan “Mahmud” ismli shaxs gashish giyohvand vositasini o‘tkazish maqsadida, Guliston shahrida “Anvar” ismli fuqaro bilan uchrashib, gashish giyohvandlik vositasi uchun 840.000 so‘m miqdordagi pullarni olib, giyohvandlik vositasini olib kelib berishini maʼlum qilgan.
Shundan so‘ng, “Mahmud” Lasetti rusumli avtomashinada Guliston shahar hududiga qaytib kelib, “Anvar” ismli shaxsga gashish giyohvandlik vositasini bergan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan. Tadbir davomida xolislar ishtirokida “Mahmud” shaxsiy tintuv qilinganda, yonidan tadbirda maxsus kimyoviy ishlov berilgan 840.000 so‘m pullar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, tadbirga xaridor sifatida jalb etilgan “Anvar” ismli fuqaro “Mahmud” dan 840.000 so‘m pul evaziga sotib olgan 2 dona jigar rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, og‘irligi taxminan 2-3 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositasini xolislar ishtirokida taqdim etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.