23 May 2023 yil 341

“Nazorat ostida olish” tezkor-qidiruv tadbiri davomida 2 og‘ufurush qo‘lga olindi.

Yangiyer shaharda yashovchi “D” ismli shaxs, Xovos tumani va Yangiyer shahar hududlarida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi yuzasidan olingan tezkor maʼlumotlar asosida “Tekshirish uchun xarid qilish” tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, “A” ismli shaxsdan 400.000 so‘m va 350.000 so‘m miqdordagi pullar evaziga gashish giyohvandlik vositalari sotib olinib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv davomida “A” ismli shaxs 1985 yil Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan, millati tojik, qaysi davlatning fuqarosi ekanligini to‘g‘risida hujjatlari mavjud emas, o‘ta xavfli retsidivist ekanligi aniqlangan.

DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyat IIB tezkor xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Nazorat ostida olish” tezkor-qidiruv tadbir davomida, fuqaro P.A va Z.Dlar oldindan jinoiy til biriktirib, gashish giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida, Xovos tumani Do‘stlik mahallasi hududida tadbirga xaridor sifatida jalb etilgan “V” ismli shaxs bilan kelishuv bo‘yicha P.A uchrashib, 600.000 so‘m pul evaziga 2 gramm gashish giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida, fuqaro P.A Xovos tumani Do‘stlik mahallasida joylashgan yashash xonadonida ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda, uning egnidagi sport shortigi cho‘ntaklaridan, tadbirda foydalanilgan, 600.000 so‘m miqdordagi pullar hamda 2 dona 100 mg litr hajmdagi idishlarga joylashtirilgan, 27 dona jigar rangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, nazoratli o‘lchovdan o‘tkazilganda, jami 27,67 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bundan tashqari, tadbirga xaridor sifatida jalb etilgan “V” ismli shaxs 2 dona, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, jigar rangli, nazoratli o‘lchovdan o‘tkazilganda, 1,91 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik vositasiga o‘xshash vositani taqdim etgan.

Shundan so‘ng, fuqaro Z.D Guliston shahar 3-mavze Bog‘ishamol mahallasi Quruvchilar ko‘chasi hududida ushlanib, xolislar ishtirokida uning boshqaruvida bo‘lgan, Lasetti rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonidan 2 dona jigarrangli, o‘zidan o‘tkir hid taratuvchi, taxminan 2 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech