NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 30-sentabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 312-son buyrug‘i hamda IIVning 2025-yil 20-iyun kunidagi 2/2945-son ko’rsatmasi talablari ijrosini ta’minlash hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq, joriy yilning 23-iyun kunidan 27-iyul kuniga qadar IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 2-o‘quv kursi kursantlari bilan dual ta’lim asosida ish o‘rganish amaliyoti yuqori saviyada tashkil etildi.
Joriy yilning 26-iyul kuni Sirdaryo viloyati Qo’riqlash boshqarmasi Majlislar zalida IIV Akademiyasi Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta’minlash kafedrasi dotsenti, podpolkovnik U.E.Fozilov, boshqarma sohaviy xizmatlarining boy amaliy tajribaga ega bo’lgan xodimlari ishtirokida amaliyot yakuni bo’yicha imtihon tadbirlari tashkil etildi.
Kapitan F.E.Xoldorov tomonidan kursantlarga vazirlik buyrug‘i asosida imtihon talablari batafsil yetkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019-yil 30-sentabrdagi “IIV Akademiyasi kursant va tinglovchilarining IIOda amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 312-son buyrug‘iga asosan kursantlarni amaliyot dasturlari hamda qonuniylik va xizmat intizomi talablariga qat’iy rioya qilganliklari, amaliyot yakunida kursantlar tomonidan yozma ravishda hisobotlar tayyorlanishi, hisobotda kursantning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to’g’risidagi ma’lumotlar (qaerda, qaysi lavozimda amaliyot o’taganligi, shaxsiy ish rejasi bandlarining bajarilganligi, amalga oshirilgan asosiy ish va tadbirlar ro’yxati, muammoli vaziyatlar echimi va boshqalar), ichki ishlar organi sohaviy xizmatlarining qisqacha izohi (jinoyat-qidiruv, tergov, profilaktika, ekspert-kriminalistika va boshqalar), amaliyot yakunida kursantlar o’z hisobotini hududiy ichki ishlar organlari tomonidan tasdiqlangan komissiya huzurida himoya qilishlari, kursantlarning hisobot materiallariga amaliyot murabbiylarining tavsifnomalari va baholariga asosan yakuniy baho qo’yilishiga e’tibor qaratildi.