19 Fevral 2025 yil 460

NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI

Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining Akademiyada malakali kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, barcha viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari masʼul rahbarlari tomonidan xar oyda kamida bir marotaba Akademiya bakalavriati kunduzgi taʼlim shakliga tegishli hududdan jamlangan kursantlar bilan hududning kriminogen vaziyati hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning dolzarb masalalari bo‘yicha onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazib borilishi belgilangan.

Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida, IIV Akademiyasi kursantlariga Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Shaxboz Nematjonov boshchiligida tegishli sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida “Profilaktika inspektorlarining uzoq muddatga ketgan shaxslar bilan ishlash faoliyati, ushbu yo‘nalishda uchrayotgan dolzarb muammolar hamda ularning yechimiga doir profilaktik chora-tadbirlar”, “Hududning kriminogen vaziyatini baholashda axborot-tahliliy maʼlumotlardan foydalanish (Sirdaryo viloyati misolida)” va “Navbatchilik qismiga kelib tushgan barcha turdagi jinoyat va xabarlarning ro‘yxatga olinishi, ular asosida hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqish hamda tergov-tezkor guruhining sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish borasidagi faoliyatining xususiyatlari” mavzularida onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlarda Akademiya kursantlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda amaliyotda olib borilayotgan ishlar, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar hamda tizimda erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni bartaraf etishda qilinayotgan ishlar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot yakunida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan master-klass ishtirokchilariga murojaat qilib, mavzu yuzasidan to‘liq javoblar olishdi.

Text to speech