NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI
Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining Akademiyada malakali kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi 2021 yil 25 avgustdagi 298-sonli buyrug‘iga muvofiq, barcha viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan xar oyda kamida bir marotaba Akademiya bakalavriati kunduzgi taʼlim shakliga tegishli hududdan jamlangan kursantlar bilan hududning kriminogen vaziyati hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning dolzarb masalalari bo‘yicha onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazib borilishi belgilangan.
Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida, IIV Akademiyasi kursantlariga Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i polkovnik Q.X.Shermatov boshchiligida tegishli sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori yuzasidan profilaktika inspektorlarining faoliyati”, “Odam savdosi va odob-axloq doirasidagi jinoyatlarni fosh etishda tezkor xodimning boshqa sohaviy xizmatlar (huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov, ekspert kriminalistika va boshqalar) bilan hamkorligi hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar” va “O‘g‘rilik, firibgarlik jinoyatlarida voqea joyini ko‘zdan kechirishda Ekspert-kriminalistika xodimlarining boshqa sohaviy xizmatlar (HPF, TF, JQB) bilan hamkorligi” mavzularida onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlarda Akademiya kursantlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda amaliyotda olib borilayotgan ishlar, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar hamda tizimda erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni bartaraf etishda qilinayotgan ishlar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.
Mashg‘ulot yakunida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan master-klass ishtirokchilariga murojaat qilib, mavzu yuzasidan to‘liq javoblar olishdi.