4 May 2024 yil 3519

Murojaat va yechim

Inson manfaatlari har narsadan ustun bo‘lgan yurtimizda fuqarolarimizning turmush sharoitini yaxshilash hamda ularning turli muammo-yu masalalariga ijobiy yechim topish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sanjar Djabarov viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Qabul jarayonida fuqarolarning 10 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech