26 Aprel 2023 yil 298

Muhammadsiz kuylarim qoldi...

Joriy yilning 25-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida Sirdaryo tumani Madaniyat bo‘limining “Yoshlik” ashula va raqs ansambli bilan hamkorlikda O‘zbekiston halq shoiri Muhammad Yusufning 69-yilligi bag'ishlangan "Muhammadsiz kuylarim qoldi" nomli adabiy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda litseyimizning o'quvchilari tomonidan ijro etilgan shoir qalamiga mansub Vatanni madh etuvchi, ona tili, sevgi, mehr-muhabbat mavzusidagi she'rlar hamda tuman Madaniyat bo‘limining “Yoshlik” ashula va raqs ansambli tomonidan Muhammad Yusuf so‘zi bilan ijro etilgan "Biz baxtli bo‘lamiz" qo‘shig‘i davraga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etib, tadbirga yig'ilganlarda katta taassurot uyg'otdi. Sahnada Otabek, Kumush, Zaynab timsollarida paydo bo‘lib, Muhammad Yusuf sozlari orqali ularning dardlarini kuylagan oquvchi yoshlar tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo`lishdi.

Tadbir yakunida O‘zbekistonning mashhur xonandasi Sevara Nazarxon ijrosida "Ulug‘imsan Vatanim" qo‘shig‘ining kuylanishi, o‘quvchilarning barchasi qo‘shiqqa jo‘r bo‘lishi, ularning qalbida harbiy vatanparvarlik tuyg‘usini yana bir bora mustahkamladi.

Text to speech