Mirzaobod tumanidagi "Navro‘z Total tekstil" MCHJda «Kibermadaniyatni yuksaltirish» oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Mirzaobod tumanida joylashgan "Navro‘z Total tekstil" MCHJda Sirdaryo viloyatida Kibermadaniyatni yuksaltirish-kompleks targ‘ibot-tashviqot oyligini doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tumani IIB boshlig‘i, oylik doirasida tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Maʼsullar tomonidan fuqarolarimizni kibermadaniyatini oshirish maqsadida maʼruzalar hamda flayerlar tarqatildi. Qolaversa oy davomida «Eng faol mahalla», «Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman», «Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling», «Eng yaxshi milliy kontent», kiberjinoyatlarga qarshi birgalikda kurashamiz kabi yo‘nalishlarda tanlovlar, kibersport musobaqalari tashkil etilganligi haqida maʼlumotlar berildi.
Targ‘ibot tadbirida fuqarolar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob olishdi.