15 Noyabr 2024 yil 2929

Mirzaobod tumanida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning fuqarolar murojaatlariga bag‘ishlangan navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash buning uchun esa ularni rozi qilish mavjud muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etish orqali murojaatlariga ijobiy yechim topish bugun barcha bo‘g‘indagi rahbarlar oldida turgan muhim vazifaga aylanib ulgurdi. Shu maqsadda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan belgilangan rejaga asosan hududlarda manzilli sayyor qabullar muntazam o‘tkazilmoqda.

Shu boisdan ,Viloyat 3-sektori rahbari Mirzaobod tumanida bo‘lib, tuman aholisining turli yo‘nalishlaridagi murojaatlariga yechim izlash hamda ularni hal etish choralarini ko‘rish maqsadida muloqoti tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman sektor rahbarlari idora va tashkilot mutasaddilari hamda 50 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi. Har bir murojaatga joyida tegishliligi bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida yechim izlandi. Qabulda 15 nafar fuqarolar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga kadastr, yangi elektr simyog‘ochlar o‘rnatish, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, avtomagistral yo‘llarda piyodalar yo‘lakchasini tashkil etish hamda fuqarolik pasporti olish muddati o‘tib ketganligi sababli mavjud jarima va davlat bojini to‘lab berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.

Ushbu murojaatlarning 5 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi, 3 ta murojaat egasiga huquqiy tushuntirish berilib, qolgan 7 ta masalalar o‘rganish uchun qo‘shimcha vaqt talab qilganligi sababli viloyat 3-sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining hududlarda aholi murojaatlariga bag‘ishlangan manzilli sayyor qabullari davom etmoqda.

Text to speech