7 Iyul 2022 yil
570
Mirzaobod tumanida noqonuniy ov miltig‘i patronlari aniqlandi.
Olingan maʼlumotga ko‘ra, Mirzaobod tuman IIB JQG xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 1991 yilda tug‘ilgan Mirzaobod tumanida yashovchi D.Nning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tegishli ruxsatnomasiz saqlanayotgan 10 dona 16 kalibrli, “IJ” rusumli o‘qotar qurolga tegishli bo‘lgan patronlarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan O‘z.Res JKning 248-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati