31 May 2022 yil 240

Mirzaobod tumani IIB Probatsiya bo‘linmasi xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, kelgusida salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni viloyat IIB Probatsiya bo‘limi boshlig‘i mayor K.A.Xamrakulov kirish so‘zi bilan ochib, 2022 yilning 4 oy 20 kun davomida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan gapirib o‘tdi.

Ushbu o‘tkazilgan yig‘ilishda masʼullar tomonidan hozirgi kunda ichki ishlar tizimida xizmat olib borayotgan har bir xodim xizmat, ijrochilik intizomiga va qonunchilikka rioya etishlari davr talabi ekanligi, davlatimiz rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi keskin kurashish kerakligi, Probatsiya hisobida turgan har bir nazorat ostidagi shaxsga sud tomonidan belgilangan majburiyatlarga rioya etishlari, qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘yish qatʼiyan taqiqlanishi, belgilangan vaqtda tuman IIB Probatsiya bo‘linmasiga kelib profilaktik suhbatdan o‘tishlari, tamagirlik, holatlariga chek qo‘yish kerakligi, har bir nazorat ostidagi shaxsni psixolog ishtirokida suhbat o‘tkazish, ularning ijtimoiy ahvolini tubdan bilish, muammolariga yechim topish, jumladan, jazo o‘tash davrida ish bilan taʼminlashda hamkor tashkilotlar bilan ishlarni jadallashtirish, hayotda o‘z o‘rnini topishlarida amaliy yordam berilishi lozimligi haqida takidlab o‘tildi.

Shuningdek, amaldagi qonunlarimizda fuqarolarimizga ko‘plab yengilliklar yaratib berilayotganligi, davlatimiz rahbari tomonidan yildan yilga qonunlar liberallashtirilib, AFV Farmoni qo‘llanilayotganligi, jinoyat sodir etib qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan va mehnatga vijdonan yondashib o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib kelayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga asosan, muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilayotganliklari, ularga ham hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida tadbirkorlik qilishlariga keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, davlat tomonidan yaratilayotgan ish o‘rinlari berayotganlariga, subsidiya, kreditlar berilayotganligi, shuningdek, jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarga sud tomonidan berilayotgan ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotganlarga ham ushbu jazoni ularni jamiyatdan ajratmagan holda, faqat oilasi bilan birga bo‘lishlari oilasiga yordam berishlari, faqat sud tomonidan belgilangan taqiq va majburiyatlarga rioya etishlari talabi qo‘yilayotganligi, joylarda biriktirilgan Probatsiya inspektorlari hamda maʼmuriy hudud profilaktika inspektorlari tomonidan nazorati olib borilayotganligi, qonun talablarini buzmasliklari, har qanday muammolar bilan kelgan taqdirda imkoniyat darajasida yordam berishga tayyorligi bildirildi.

Yig‘ilish yakunida, yuqoridagi holatlardan har bir nazorat ostidagi shaxs to‘g‘ri xulosa chiqarishi kerakligi, jazoni o‘tash tartiblariga qatʼiy rioya qilishlari har bir holatlarni oldini olish bo‘yicha mahkumlar tomonidan taklif qilinadigan har qanday holatlar bo‘yicha xodimlar tomonidan bildirgi asosida rahbariyatga murojaat qilib, JKning 211-moddasi bo‘yicha ishlash kerakligini aytib o‘tilib, kelgusida shu kabi salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab nazoratga olishi, har bir mahkumlarga ishonch telefon raqamlarini tarqatib, mahkumlarga nisbatan xodimlar tomonidan qonun buzilish holatlari bo‘ladigan taqdirda aloqaga chiqishlari bo‘yicha mahkumlarga tushuntirishlar berilib, kelgusida shu kabi salbiy holatlar takrorlanmasligi yuzasidan zaruriy profilaktik chora-tadbirlar belgilanishi lozimligi to‘g‘risida ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, yig‘ilish yakunlandi.

 Sirdaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi

Text to speech