17 Oktyabr 2025 yil 101

MASTER-KLASS MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA

Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining Akademiyada malakali kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi 2021 yil 25 avgustdagi 298-sonli buyrug‘iga muvofiq, barcha viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan har oyda kamida bir marotaba Akademiya bakalavriati kunduzgi taʼlim shakliga tegishli hududdan jamlangan kursantlar bilan hududning kriminogen vaziyati hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning dolzarb masalalari bo‘yicha onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazib borilishi belgilangan.

Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida, IIV Akademiyasi kursantlariga Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.S.Ergashov boshchiligida tegishli sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida “Profilaktika inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari sud tomonidan tugatilganlik holatlari (MJtKning 271-moddasi 1-11 bandlari), bu borada kuzatilayotgan kamchiliklar”, “Qidiruvdagilar, bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirib topish, shaxsi nomaʼlum murdalarning shaxsiga aniqlik kiritish borasida tezkor-qidiruv xizmati xodimlarining sohaviy xizmatlar bilan o‘zaro hamkorligi hamda ushbu sohada uchrayotgan dolzarb muammolar” va “O‘g‘rilik, firibgarlik jinoyatlarida voqea joyini ko‘zdan kechirishda ekspert-kriminalistika xodimlarining boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi” mavzularida onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlarda Akademiya kursantlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda amaliyotda olib borilayotgan ishlar, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar hamda tizimda erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni bartaraf etishda qilinayotgan ishlar bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot yakunida kursatnlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan master-klass ishtirokchilariga murojaat qilib, mavzu yuzasidan to‘liq javoblar olishdi.

Text to speech