5 Noyabr 2021 yil 787

“Marixuana” giyohvandlik vositasi saqlayotgan shaxs aniqlandi

Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida, Boyovut tumani Bekat mahallasi hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Boyovut tumani, Bekat mahallasida yashovchi, Z.Bning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash uyi mehmonxonasida joylashgan sandiq ustida turgan koʻrpalar orasidan 3 shisha idishga solingan sof ogʻirligi 2.86 gr “Marixuana” giyohvandlik vositasi saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.


Holat yuzasidan Boyovut tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Z.Bga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda


Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech