18 Avgust 2022 yil 307

Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot

Tabiatda moʻjizalar ko‘pdir, buning eng ajoyibi inson – degan edi antik davr mutafakkiri Sofokl. Inson - oliy mavjudot. Inson - oliy qadriyat. Inson - bilimi, mehnati, salohiyati, iqtidori, axloqi, yurish-turishi, o‘zini tutishi, tevarak atrofidagi insonlarga yaxshi munosabati bilan hurmat eʼtibor qozonadi. Inson mehnati, amalga oshirgan savobli, foydali, faoliyati tufayli qadrli. Chunki, insonning insoniyligi uning amalga oshirgan ishlari bilan belgilanadi. Jamshid Mo‘minov o‘z xulqi, axloqi, do‘stlariga samimiy munosabati tufayli ham ichki ishlar xodimlari o‘rtasida juda katta hurmat-eʼtiborga sazovor bo‘lgan inson edi.

Jamshid Mo‘minov o‘z vazifasini sidqidildan bajaradigan, o‘ta masʼuliyatli, kasbini sevadigan ichki ishlar xodimi edi. 2017-yilning fevral oyidan Shirin shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan mayor Jamshid Mo‘minov 2020-yil 23-iyun kuni navbatdagi jinoyatni fosh etish vaqtida o‘ziga biriktirilgan hududda, yaʼni Shirin shahar IIB binosida sog‘ligi yomonlashib vafot etgan.

Vafotidan so‘ng mayor Mo‘minov Jamshid To‘lqinovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.08.2020 yildagi PF 6046-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.09.2020 yildagi 543-son qaroriga asosan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

"Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot" sarlavhasi ostida Mo‘minov Jamshid To‘lqinovich tahsil olgan maktabga yodgorlik burchagi tayyorlandi, zero vatan tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida fidoyilarcha baxshida bo‘lgan umr yosh avlodga namuna bo‘lishga munosib.

Sirdaryo viloyati IIB

Text to speech