14 Avgust 2021 yil 686

Manzil koloniyalarda jazo muddatini oʻtayotgan maxkumlarga identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining tegishli moddalarida sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi, deb belgilangan. Lekin ijtimoiy havfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarda saylovda ishtirok etish, ya’ni saylash huquqi mavjud.

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasiga qarashli 40-manzil koloniyasida saylash huquqiga ega bo‘lgan 6 nafar jazo muddatini o‘tayotgan maxkumlarga Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari tomonidan ularning jazo muddatini o‘tayotgan joylariga borgan holda, maxsus planshet qurilmasi yordamida ID-kartalar rasmiylashtirib berilmoqda.

Bu esa o‘z navbatida jazo muddatini o‘tayotgan maxkumlarning saylov jarayonlarida o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan to‘laqonli foydalanishlari hamda o‘zlari munosib deb topgan nomzodlariga ovoz berishlarini kafolatlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB MvaFRB

Text to speech